1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan firibgar qo‘lga olindi

Soxta hujjatlar bilan ish yuritgan firibgar 3,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan firibgar qo‘lga olindi

Toshkent shahrida o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) hamda Prezident ma’muriyati xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro soxta hujjatlardan foydalangani uchun sud hukmiga ko‘ra, uch yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Poytaxt ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yakkasaroy tumanida “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi to‘xtatilib, tekshiruv chog‘ida u yo‘l patrul xizmati inspektorlariga qalbaki DXX xodomini taqdim etgan.

 

Soxta mansabni tasdiqlash uchun shaxs “yuqori lavozimli tanishi”ga telefon qilib, o‘zini ozod etishni talab qilgan. Biroq tekshiruv natijasida taqdim etilgan hujjatlar soxtaligi aniqlanib, fuqaro qo‘lga olingan.

 

Tergov davomida u ilgari ham firibgarlik yo‘li bilan o‘zini davlat tuzilmalarining yuqori lavozimli vakili sifatida tanishtirib, muammolarni “hal qilish” maqsadida qalbaki guvohnomalardan foydalanganini tan olgan. Sud mazkur jinoyatni isbotlangan deb topib, unga 3,5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика