1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent metropolitenida chaqaloq tug‘ildi

Hozirda ona va chaqaloqning sog‘ligi yaxshi.

Toshkent metropolitenida chaqaloq tug‘ildi

Bugun, 6 oktyabr kuni Toshkent metropolitenining G‘afur G‘ulom bekatida chaqaloq dunyoga keldi.

 

Qayd etilishicha, poyezdlarni kutib olish va jo‘natish bo‘yicha navbatchi xodima — Maxamadjonova Naimaga xizmat davomida bekat o‘tish yo‘lagidagi ichki ishlar xodimi tomonidan yo‘lovchi ayolning holati bo‘yicha xabar berilgan. 

 

Naima Maxamadjonova xizmat davomida o‘ziga o‘rgatilgan maxsus bilimlar va ko‘nikmalarni ishga solgan holda birinchi yordam ko‘rsatib, voqea joyida ayolning farzandini sog‘-omon dunyoga keltirishiga yaqindan ko‘maklashgan hamda chaqaloq sog‘ligi uchun kerakli yordamlarni (kindik qismi bog‘lanib, yangi tug‘ilgan chaqaloq nafas olish refleksini faollashtirgan) ko‘rsatgan.

 

Bu vaqt ichida tez yordam xizmati va ayolning yaqinlari chaqirilgan. Tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar (taxmiman 10 daqiqa) xodimlar tomonidan ona va chaqaloq holatini nazorat ostida ushlab, ularning xavfsizligini taʼminladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика