Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida qalbaki pullarni sotgan shaxslar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashi departamenti.
Qayd etilishicha, departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.I. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro K.A.ga 19,8 mln so‘m qalbaki pullarni 10 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


