Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzilganini rasman e’lon qildi.
“Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006-yilgi Jahon chempionati gʻolibi, yaqin oʻtmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri, taniqli mutaxassis — Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzdi.
Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida oʻtadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi”, deyiladi xabarda.
Murabbiylar shtabida Kannavaroga quyidagi mutaxassislar yordam beradi:
— Aujeniyo Albarella — yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan);
— Troize Fransesko — jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy (“Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da faoliyat yuritgan);
— Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasi, “Sampdoria” va “Spal” klublarida ishlagan).
Bugun OʻFA rahbariyati va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bilan matbuot anjumani tashkil etiladi.


