1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda kreditdan qarzdor MCHJning garaji xatlandi

Mazkur mulk elektron onlayn savdolar orqali sotiladi.

Jizzaxda kreditdan qarzdor MCHJning garaji xatlandi

Qarz — masʼuliyat. U qarz beruvchiga ham, qarz oluvchiga ham birdek tegishlidir. Agar har ikki tomon buni anglab yetmasa, mulkidan ayrilib qolishi ehtimoli yuqori.

 

Xususan, sudning “L.Ye” MCHJ hisobidan undiruvchi bank foydasiga 1,2 milliard so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi huzuridagi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish shoʻbasi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli barcha mol-mulk hamda hisob raqamlariga taqiq qo‘yilgan. Qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lash masalasida jamiyat masʼullari bir necha bor ogohlantirilgan.

 

Olib borilgan ijro harakatlari jarayonida qarzdorga tegishli Zafarobod tumanida joylashgan garov mulki — noturar bino (garaj) xatlovga olingan.

 

Kelgusida mazkur mulk elektron onlayn savdolar orqali sotilib, savdodan tushgan mablag‘ hisobidan mavjud qarzdorlik qoplanishi ko‘zda tutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика