Tezkor tadbir davomida Toshkent shahrida gul yetishtirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJning muqaddam prokuratura organlarida ishlagan va sudlangan yuristi savdo-sotiq sohasiga ixtisoslashgan MCHJ mansabdor xodimlariga nisbatan JKning 184 va 189-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslik masalasini mazkur tuman prokuraturasi mansabdor shaxslari orqali hal qilib berish evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilgani fosh bo‘lgan. Oqibatda u 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, MCHJ yuristining avtomashinasida Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi undan ushbu pul mablag‘ini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda prokuratura tergovchisiga nisbatan JKning 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, MCHJ yuristiga nisbatan esa JKning 212-moddasi 3-qismi "B" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


