Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 19 noyabr kuni soat 01:00 larda Toshkent shahri, Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan.
Maʼlum bo‘lishicha, Binokor ko‘chasi 2-darajali yo‘lda haydovchi, 1991-yilda tug‘ilgan S.N. “Spark” rusumli avtomobilni boshqargan. Ushbu ko‘chadan yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, 1995-yilda tug‘ilgan T.Z.ni urib yuborgan.
Oqibatda piyoda T.Z. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Barcha harakat ishtirokchilaridan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda “Nexia” va “Zil” yuk mashinasi ishtirokida ayanchli YTH yuz bergani, “Lacetti”ning daraxtga borib urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etgani, Toshkent viloyatida yuk mashinasi 7 ta mashina bilan to‘qnashib ketgani hamda Namanganda “Nexia” haydovchisi yo‘ldan o‘tayotgan ayolni urib yuborgani haqida xabar berilgandi.


