Bugun, 18 sentyabr kuni soat 15:09 da Uchtepa tumani Taqachi ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Maʼlum bo‘lishicha, yong‘in qutqaruv ekipajlari manzilga soat 15:14 da yetib borgan. Yong‘in soat 15:42 da qurshab olinib, soat 15:50 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.


