1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Donald Tramp va Vladimir Putin 15-avgustda Alyaskada uchrashadi

Uchrashuvda Ukraina urushi yakunini muhokama qilish, jumladan Donbass va Qrim bo‘yicha bahsli shartlar ko‘rib chiqiladi.

Donald Tramp va Vladimir Putin 15-avgustda Alyaskada uchrashadi

AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilganiga ko‘ra, u 2025-yil 15-avgust kuni Alyaskada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu ikki rahbar uchrashuvi amerika hududida, Sovet davridan keyin birinchi bor Rossiya rahbari tomonidan rasmiy tashrif bilan bo‘lib o‘tadi.


Tramp uchrashuvda asosiy mavzu Ukraina urushini tugatish bo‘lishini bildirgan. U jurnalistlarga bergan intervyusida, bu kelishuv “ba’zi hududlarni almashtirish” (territoriya almashinuvi)ni o‘z ichiga olishi mumkinligini aytib o‘tdI. Wall Street Journal va boshqa nashrlarga ko‘ra, Putin tinchlik shartnomasini imzolash uchun Ukraina hududidan — Donetsk va Luhanskni o‘z ichiga olgan Donbass va 2014-yilda qo‘shib olingan Qrimni — voz kechishi kerak degan talabni ilgari surgan.


Ammo Ukraina hukumati va bir qator Yevropa yetakchilari bunday taklifni qattiq rad etmoqda. Ular Putinning bu harakatini Trampning sanksiyalardan qochish hamda vaqt yutish strategiyasi sifatida baholamoqda. Yevropalik yetakchilar muzokaralarning shaffof, adolatli va Ukrainaning suverenitetini hurmat qiluvchi normalarda o‘tishiga e’tibor qaratmoqda.


Politika tahlilchilarning fikricha, bu uchrashuv “Alyaskada” bo‘lib o‘tadi va bu joy tanlovi ham ramziy ahamiyatga ega — Sovet davridan keyin Rossiya rahbari AQSh hududida birinchi marta rasmiy uchrashuv o‘tkazadi. Tomonlar hozircha aniq shart-sharoitlar, ishtirokchilarning ro‘yxati va moliyaviy yoki xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha tasdiqlangan ma’lumot bermagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика