1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Urganch aeroporti qachon ochilishi aytildi

U belgilangan vaqtdan ikki kun avvalroq ish boshlaydi.

Urganch aeroporti qachon ochilishi aytildi

Urganch xalqaro aeroporti 2024 yil 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da o‘z faoliyatini tiklaydi. Qurilish-taʼmirlash ishlari belgilangan muddatdan avvalroq yakunlandi. 

 

Qayd etilishicha, ikki hafta ichida katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, uzunligi 3000 M va eni 45 M bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi qoplamasi almashtirildi va mustahkamlandi, ikkinchi va uchinchi yurish yo‘laklari kapital taʼmirlandi.

 

Bu aeroportga Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qilish va o‘z navbatida Urganch shahriga reyslar soni va yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish imkonini beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика