
Unda aytilishicha, avtomobil diagonali 10,4 dyuymli sensorli ekran, 1,5 litrli turbomotorli dvigatel, avtomatik uzatmalar qutisi, yumshoq sensorli teridan ishlangan o‘rindiqlar bilan jihozlangan.
Xaridorlar “Chevrolet”ning vakolatli markazlarida 2022-yilgi yangi “Chevrolet Captiva” uchun shartnoma tuzishi mumkin.
Narxlar:
Boshlang‘ich “LT base” komplektatsiya: 192 775 000 so‘m;
“ LT 5” komplektatsiya 5 o‘rinli: 238 086 957 so‘m;
“ LT 7” komplektatsiya 7 o‘rinli: 244 782 609 so‘m;
“Premier 7” komplektatsiya 7 o‘rinli: 269 478 261 so‘m.
Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.
“Chevrolet Captiva” uchun navbat “UzAutoSavdo” tizimida allaqachon shakllangan edi. Xususan, “Premier 7” to‘plami uchun navbat 200 donadan oshadi. Taxminiy yetkazib berish muddati 2022 yil yanvar oyining oxirida ko‘rsatilgan.” – deya taʼkidlab o‘tadi “Spot.uz”.
Bundan avval deputat Kusherbayev "UzAuto Motors" haqida Qozog‘iston telekanallarida namoyish qilingan lavhaga eʼtibor qaratgani, O‘zbekistonda “LADA Vesta CW” va “LADA XRAY” rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshlagani hamda “UzAuto Motors” “Chevrolet Lacetti” va “Spark” ishlab chiqarishni tiklagani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


