
Xabarda aytilishicha, shu yilning iyul-avgust oyi oxirigacha zavodda modernizatsiya ishlari olib borilgan.
Shuningdek, yarimo‘tkazgichlar tanqisligi tufayli "Chevrolet Lacetti" hamda "Chevrolet Spark" avtomobillarini ishlab chiqarish vaqtinchalik to‘xtatilgani maʼlum qilingan edi.
Bugungi kunda “UzAuto Motors” kompaniyasi barcha ommabop avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tikladi.
“UzAuto Motors”ning Asaka shahridagi zavodi kuniga o‘rtacha 800 dan ortiq avtomobil ishlab chiqarishga kirishdi.
Muayyan tanaffusdan so‘ng ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi avtomobillarni o‘z egalariga yetkazib berish muddatini qisqartirish imkonini beradi.
Avvalroq, “UzAuto Motors” noodatiy dizayndagi modellerni namoyish qilgani xaqida xabar bergan edik.
Munojat Valiyeva


