1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Uzbekistan Airways‘ning Rossiyaga parvoz qilgan ayrim samolyotlari ortga qaytmoqda

Rossiyaning Rostov viloyatidagi havo kengligi yo‘lovchi samolyotlarning qatnovlari uchun yopildi.

Uzbekistan Airways‘ning Rossiyaga parvoz qilgan ayrim samolyotlari ortga qaytmoqda

 

Uzbekistan Airways 24 fevral kuni Namangan — Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha HY-9825 reysi Ukrainaning Rossiyaning Rostov viloyati havo maydoni yo‘lovchi samolyotlari uchun yopilgani sababli ortga majburiy qaytayotganini maʼlum qildi.

 

"Bekor qilingan parvoz yo‘lovchilari aviachiptani bepul bronlash yoki to‘liq qiymatini qaytarib olish huquqiga egadirlar", — deyiladi xabarda.

 

Uzbekistan Airways yo‘lovchilarni jadvaldagi har qanday o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qilishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda "maxsus harbiy operatsiya" boshlanganini eʼlon qildi. Biroq Ukrainaning Kiyev, Xarkov va boshqa shaharlarida ham portlashlar boshlandi. Rossiya rasman Ukraina hududiga bostirib kirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика