-Jahon bo‘yicha ko‘plab davlatlarda aholining 80 foizdan ziyod qismi vaksina bilan emlangan.
-O‘zbekiston bo‘yicha virus yuqtirganlar soni 72227 ta va undan tuzalganlar soni 69477 ta. Bu 96,19 foiz ijobiy holat mavjud ekanini ko‘rsatadi.
- Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh direktori tomonidan vaksinasiya jarayonida virusning odamdan-odamga o‘tish jarayoni tezlashadi, virus o‘zini himoyalab qolishga harakat qiladi deb ma’lumot berilgan.
- Vaksina olganlar vaksina olmaganlarga virus yuqtirishi xavfi juda yuqori! Bu bo‘lmagan gap. Shunday holatlar kuzatilyaptiki, infeksiya yuqtirganlar yoki yuqtirganlar bilan kontaktda bo‘lganlar o‘zlari bilmagan holda, "..ishxonadan talab bo‘lyapti,.. vaksina olish zarur" vajlari bilan vaksina olishadi, lekin virus yuqtirganini yoki virusga chalinganlar bilan kontaktda bo‘lganini shifokordan yashirishadi. Shu holatda, eng avvalo, o‘sha odamning o‘zi kasallanadi yoki organizmida simptomlarsiz holat mavjud bo‘lsa tarqatuvchiga aylanib qoladi. Siz vaksina oldingiz degani, shu kundan boshlab virusdan himoyalandingiz, sizga yuqmaydi degani emas. Vaksinasiyadan so‘ng ikki hafta davomida hech qanday antitelalar bo‘lmaydi, uch bosqichni to‘la tugatgandan so‘ng, ya’ni to‘rt oy mobaynida sizda to‘liq himoya shakllanadi. Shunday ekan, vaksina olganlar ham o‘zlarini himoyalashlari shart.
- Fuqaroda vaksina tarkibida bo‘lgan biror bir vositaga, masalan tuxum oqiga allergiya bo‘lsa, u shifokorni ogohlantirishi zarur. Bemor o‘z kasalliklarini yashirishi vaksinaning unga noto‘g‘ri ta’sir qilishiga olib keladi va shunday holatlar vaksina to‘g‘risidagi asossiz ma’lumotlar ko‘payishiga olib keladi. Bemor shifokorni ogohlantirgach, mutaxassis holatga va tekshiruv natijalariga qarab talabgorga tashxis qo‘yadi.