1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Vaziyat jiddiy: Xersondan 60 ming kishi ko‘chiriladi

Viloyatda harbiy-siyosiy holat og‘irligicha qolmoqda.

Vaziyat jiddiy: Xersondan 60 ming kishi ko‘chiriladi

 

Xersondan Rossiyaga 60 ming kishi evakuatsiya qilinadi. Bu haqda viloyatning Moskva tomonidan tayinlangan “rahbari” Vladimir Saldo maʼlum qildi.

 

“50-60 ming odamni Dneprning chap qirg‘og‘iga ko‘chiramiz”, – degan u.

 

Saldoning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlarni evakuatsiya qilish uchun 6 kun kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, u Kaxovka GES buzilgan taqdirda Xersonning ayrim hududlari suv ostida qolishidan ogohlantirgan.

 

18-оktyabr kuni Rossiyaning Ukrainadagi kuchlari qo‘mondoni Sergey Surovikin Xersonda vaziyat rus qo‘shinlari uchun og‘irlashganini aytgan. Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, Ukraina armiyasi bu yerda muvaffaqiyatli qarshi hujumlarini davom ettirmoqda.

 

Avvalroq Ukraina 2022 yil oxirigacha Xersonni qaytarib olmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика