1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

XDP moped va skuterlar uchun guvohnoma joriy etilishiga e’tiroz bildirdi

Partiya fikricha, yangi tartib 130 mingdan ortiq yoshlarni daromadsiz qoldirishi mumkin.

XDP moped va skuterlar uchun guvohnoma joriy etilishiga e’tiroz bildirdi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-oktabrdan boshlab moped va skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish talabi kuchga kiradi. Mazkur qaror jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xalq demokratik partiyasi (XDP) esa ushbu tartibga o‘z munosabatini bildirdi.

 

Partiya rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, hozirda 130 ming nafardan ortiq yoshlar aynan moped, skuter va velosipedlar yordamida kuryerlik faoliyati bilan shug‘ullanib, o‘z oilasi daromadiga hissa qo‘shmoqda. Shu sababli guvohnoma talabi bu toifadagi yoshlarni murakkab ahvolga solib qo‘yishi mumkin.

 

XDP qayd etishicha, O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va o‘zini o‘zi band qilganlarni qo‘llab-quvvatlash siyosati izchil amalga oshirilmoqda. Shu sharoitda guvohnoma va davlat raqami talablarini joriy etish yuz minglab yoshlarga daromad manbaini yo‘qotish xavfini keltirib chiqaradi.

 

Shu bois partiya quyidagi takliflarni ilgari surdi:

 

moped va skuterlar uchun haydovchilik guvohnomasi talabini 2026-yilgacha kechiktirish;

 

guvohnoma olish tartibi va to‘lov stavkalarini qayta ko‘rib chiqish;

 

davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatlarini yengillashtirish.

 

XDP shuningdek, ushbu masala bo‘yicha deputatlik so‘rovi kiritilishini bildirdi.

 

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi qaroriga muvofiq, elektromotosikl, moped va skuterlar uchun alohida davlat raqamlari joriy etilgan. Moped va skuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bo‘yicha vaqtinchalik nizom 2025-yil 30-sentyabrgacha amal qiladi. Bundan tashqari, 2024-yil dekabridan boshlab ushbu turdagi transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 1,5 baravari (618 ming so‘m) miqdorida to‘lov belgilangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика