1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xitoy AQSh Kongressi xodimlarining elektron pochtalarini buzib kirdi — Financial Times

Xakerlar Vakillar palatasining Xitoy masalalari bilan shug‘ullanuvchi qo‘mitasi, shuningdek, tashqi siyosat, razvedka va qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitalar yordamchilarining elektron pochta tizimlariga kirish imkoniga ega bo‘lgan.

Xitoy AQSh Kongressi xodimlarining elektron pochtalarini buzib kirdi — Financial Times

 

 

Financial Times nashrining xabar berishicha, Xitoy razvedkasi bilan bog‘liq deb hisoblanayotgan “Salt Typhoon” kiberjosuslik kampaniyasi doirasida AQSh Kongressining bir qator muhim qo‘mitalari xodimlarining elektron pochta tizimlariga noqonuniy ravishda kirilgan. Ushbu hujumlar 2025-yil dekabr oyida aniqlangan.

 

Manbalarga ko‘ra, xakerlar Vakillar palatasining Xitoy masalalari bilan shug‘ullanuvchi qo‘mitasi, shuningdek, tashqi siyosat, razvedka va qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitalar yordamchilarining elektron pochta tizimlariga kirish imkoniga ega bo‘lgan. Ayrim holatlarda mansabdor shaxslarning qo‘ng‘iroqlari va xabar almashuvlari ham kuzatuv ostiga olingani aytilmoqda.

 

AQSh rasmiylari tarmoqlarda muayyan zaifliklar mavjudligini tan olgan, biroq diplomatik sabablar tufayli hozircha Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligiga qarshi sanksiyalar joriy etishni kechiktirgan. Oq uy hamda hujumga uchragan qo‘mitalar bu masala yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

 

Xitoy tomoni esa barcha ayblovlarni qat’iyan rad etmoqda. Pekin bu xabarlarni asossiz ayblovlar deb atagan. Shu bilan birga, AQSh rasmiylari Kongress a’zolari va ularning yordamchilari, ayniqsa harbiy va razvedka tuzilmalarini nazorat qiluvchilar, uzoq yillardan buyon kiberjosuslikning asosiy nishoni bo‘lib kelayotganini ta’kidlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика