Dunyo

Xitoy Rossiyaga yordam berish yo‘llarini qidirmoqda — WP

 

Xitoy G‘arb sanksiyalarini buzmasdan Rossiyaga yordam berishga harakat qilmoqda. Bu haqda Washington Post gazetasi xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, Moskva kamida ikki marotaba Pekinga iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash masalasida bosim o‘tkazishga harakat qilgan. Gazeta bilan suhbatlashgan manbaning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlatning ushbu masala fikr almashishi “tarang” holatda o‘tgan.

 

Rossiya talablaridan biri Xitoy bilan savdo majburiyatlarini saqlab qolish ekanligi aytilmoqda. Shuningdek, RF moliyaviy va texnologik yordam masalasini ham ko‘targan.

 

Manbalar Moskvaning strategik hamkori bo‘lgan Xitoy pozitsiyasini murakkab deb atagan. Ularning taʼkidlashicha, Si Szinpin yaqin maslahatchilariga sanksiyalarni buzmay turib, Rossiyaga moliyaviy yordam ko‘rsatish yo‘llarini topishga topshiriq bergan.

 

Avvalroq Moskvaga qarshi oltinchi sanksiyalar paketi kelishib olingandi.

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish