1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganini eshitganidan so‘ng hushiga keldi

Imtihonni topshirgandan keyin o‘zini yomon his qilgan qizga fulminant miokardit tashxisi qo‘yilgan.

Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganini eshitganidan so‘ng hushiga keldi

Xitoyning Xenan provinsiyasida yuz bergan ta’sirli voqea butun mamlakat bo‘ylab ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. 18 yoshli Jiang Chennan yurak xastaligi tufayli og‘ir ahvolda komaga tushgan, biroq u universitetga o‘qishga qabul qilingani haqidagi xabarni eshitgach, kutilmaganda hushiga kelgan.

 

Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, Chennan milliy kirish imtihoni topshirgach, o‘zini yomon his qilgan. Shifokorlar unga fulminant miokardit — yurak mushagining kamyob va xavfli yallig‘lanish kasalligi tashxisini qo‘yishgan. U bir necha kun reanimatsiyada bo‘lgan.

 

Qizning oilasi og‘ir moliyaviy ahvolda bo'lib, otasi avtohalokat oqibatida nogiron bo‘lib qolgan, onasi esa oddiy savdodan topgan daromadi bilan uyni ta’minlaydi. Davolanish xarajatlari 200 ming yuandan oshib ketgani aytilmoqda.

 

Ammo komaga tushganining sakkizinchi kuni Chennanning otasi kasalxonaga Xuanxe transport universitetidan kelgan qabul xatini olib keldi. Xatni qizining boshida ovoz chiqarib o‘qib berganida, Chennanning qovoqlari pirpirab, hayotga qaytish alomatlari kuzatildi. Ertasi kuni u ko‘zini ochdi va qo‘li bilan “hammasi yaxshi” degan ishorani ko‘rsatdi.

 

Shifokorlar uning ahvoli barqarorlashayotganini bildirgan. Hozirda Chennan reanimatsiyadan oddiy palataga ko‘chirilgan va sog‘ayish jarayonini davom ettirmoqda. Rejaga ko‘ra, u sentyabr oyida talabalik hayotini boshlashi mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика