➖ Parlament, hukumat va prezident administratsiyasi, respublika darajasidagi tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman (shahar) hokimlarining barcha tarif bo‘yicha transport xarajatlari to‘liq qoplab beriladi;
➖ Boshqa xodimlar uchun ekonom klass chiptalar to‘liq, modomiki VIP yoki biznes klassda ketsa, 70%i tashkilot tomonidan, qolgan qismi esa xodimning o‘zi tomonidan qoplanadi;
➖ Parlament, hukumat va prezident administratsiyasining rahbar xodimlari, respublika darajasidagi tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi birinchi rahbarlarining mehmonxona xarajatlari bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan, yaʼni hozirda 900 ming so‘mdan oshmasligi lozim;
➖ Parlament, hukumat va prezident administratsiyasining xodimlari, respublika darajasidagi tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi rahbar o‘rinbosarlarining mehmonxona xarajatlari bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan, yaʼni hozirda 600 ming so‘mdan oshmasligi lozim;
Boshqa xodimlar uchun esa 1,5 baravardan, yaʼni hozirda 450 ming so‘mdan oshmasligi lozim. Alkogol va tamaki xarajatlari esa qoplab berilmaydi.


