Xorvatiyaga ishlashga borish uchun o‘zbekistonliklarr xususiy firmaga aldanib qoldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.
Xususiy bandlik agentligi bilan Xorvatiyaga ishlash uchun borgan A.A. va R.I. O‘zbekiston fuqarolari yordam so‘rab mamlakatning Budapesht shahridagi elchixonasiga murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ular O‘zbekistondagi xususiy bandlik agentligi firibgarlik yo‘li bilan aldagan. Ishga joylashish maqsadida chet elga kelgan hamyurtlar firibgarlar tuzog‘iga tushganini keyinchalik anglab yetgan va natijada ishsiz, pulsiz, og‘ir ahvolda qolgan. Shu sababli ular O‘zbekistonga qaytishi uchun aviachipta sotib olishda moliyaviy yordam so‘rab elchixonaga murojaat qilgan.
“Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda elchixona tomonidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan. O‘tkazilgan surishtiruv va kelishuvlar natijasida O‘zbekiston Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan murojaatchilarga aviachiptalar sotib olinib, ularning vatanga qaytishi ta’minlandi”, — deyiladi “Dunyo” AA xabari.


