Yaponiya Tsusima oroli yaqinida qutqaruv vertolyoti qulashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi. Vertolyotda bemorlar va shifokorlar bo‘lib, ular Fukuoka prefekturasidagi shifoxonaga yo‘l olgan edi. Tez yordam chaqiruvi kelgan shifoxona vertolyot havoga ko‘tarilganidan 10 daqiqa o‘tgach aloqani uzganini ma’lum qildi.
Yaponiyaning qirg‘oq qo‘riqlash xizmati tomonidan bergan ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot samolyot harakatini nazorat qiluvchilar bilan aloqani uzganidan so‘ng, u dengizga qulab tushgan. Hozirda voqeaga oid tergov davom etmoqda va Yaponiya transport xavfsizligi kengashining tergovchilari ham ishga qo‘shiladi.
Voqea tafsilotlari aniqlanmoqda. Rasmiylar holatni o‘rganishni davom ettirmoqda.