1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yunusobodda mast holatda “Matiz” avtomashinasing oynalarini sindirgan erkak qo'lga olindi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Yunusobodda mast holatda “Matiz” avtomashinasing oynalarini sindirgan erkak qo'lga olindi

 

 


Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs “Matiz” rusumli avtomashinaga shikast yetkazgani aks etgan foto tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berib, voqea tafsilotlariga aniqlik kiritdi.


Aniqlanishicha, joriy yilning 2 yanvar kuni Yunusobod tumani 13-mavze hududida 1999 yilda tug‘ilgan B.G. mast holatda bo‘lgan va 1954 yilda tug‘ilgan O.R.ga tegishli “Matiz” avtomashinasiga qasddan shikast yetkazgan. Tezkor chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi fuqaro B.G. huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.


Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Ma’lum qilinishicha, tekshiruv jarayoni Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan shaxsan nazoratga olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика