Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga ham cheklovlar kiritilmoqda. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Aytilishicha, hozirda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilmoqda.
Shundan kelib chiqib, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi cheklovlar elektr energiyasini ishlab chiqarish obyektlari, yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari, transformator punktlari hamda podstansiyalarda yuklamalarning ortishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish maqsadida kiritilmoqda.
“Ayni vaqtda, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar va shifoxonalarning elektr taʼminoti nazoratga olingan. Hududlarda cheklov kiritilganligi sababli, elektr taʼminotida o‘chishlar kuzatilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Yuqoridagi uzilishlarni o‘z vaqtida tiklash uchun doimiy "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali elektr energiyasini ishlab chiquvchi va yetkazib beruvchi turdosh korxonalar bilan muntazam zaruriy choralar ko‘rilayotganini maʼlum qilindi.
Hududlarda elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarida yuzaga kelayotgan nosozliklar, avariyali uzilishlar "tuman elektr taʼminoti korxonalarining avariyaga qarshi tezkor brigadalari tomonidan tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda bartaraf etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yirik avariyalar vujudga kelishini oldini olish maqsadida turli hududlarida elektr taʼminotida cheklovlar kiritilgandi.


