Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 18 avgust, dushanba kuni AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun Vashingtonga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Axios jurnalisti xabar xabar berdi.
Fox News nashriga ko‘ra, Putin bilan muzokaradan so‘ng AQSH prezidenti Yevropa yetakchilari va Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilgan.
Muloqot davomida Ukraina yetakchisi Trampning Ukraina, Amerika va Rossiya o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlashini qayd etgan.


