Vladimir Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmati Xarkov viloyati boshqarmasi boshlig‘i Roman Dudinni ishdan bo‘shatganini maʼlum qildi.
“Men keldim, tushundim, Ukraina Xavfsizlik xizmati boshlig‘ini ishdan bo‘shatdim. Chunki u birinchi kunlardanoq shaharni himoya qilish o‘rniga, faqat o‘zini o‘ylagan”, — deydi Zelenskiy.
Zelenskiy yakshanba kuni ertalab Xarkov viloyatiga tashrif buyurib, u yerda harbiylar bilan uchrashgan edi.
Qayd etish lozim, hozirda Xarkov viloyatining bir qismi Rossiya Qurolli kuchlari nazorati ostida.


