Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi og‘ir va jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo maʼlum qildi.
“Rossiya nizo izlayapti. Agar u Ukrainaga bostirib kirsa, og‘ir va jiddiy oqibatlarga olib keladi”, – degan Tryudo Kanada parlamenti oldidagi chiqishida.
Shu bilan birga siyosatchi uning davlati keyingi uch yilda Ukraina askarlarini o‘qitishda yordam berishini aytgan. Shuningdek, Ottava Kiyevga harbiy va moliyaviy yordam berishda davom etishi taʼkidlangan.
Maʼlumot o‘rnida: So‘nggi oylarda G‘arb Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligini aytib kelmoqda. O‘z navbatida Moskva bu kabi ayblovlarni rad etyapti.
Avvalroq AQSH va Ukrainada Rossiyaning ehtimoliy harbiy faolligi to‘g‘risida ziddiyatga borgani to‘g‘risida xabar qilingandi.


