Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda prezident devoni matbuot xizmati.
"Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng Ukraina-Ozarbayjon muzokaralari kengaytirilgan tarkibda o‘tkaziladi", — deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, uchrashuv dasturidan ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ham o‘rin olgan, shundan so‘ng davlat rahbarlari ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy va Aliyev 15 dekabr kuni Bryusselda Sharqiy hamkorlik sammiti doirasida uchrashgan edi. 24 dekabr kuni esa Ukraina prezidenti ozarbayjonlik hamkasbiga qo‘ng‘iroq qilib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan.
Avvalroq Avstraliya va Yaponiya mudofaa sohasida yangi shartnoma imzolamoqchi ekani xabar qilingandi.


