Jahon

Mulla Barodar Afg‘onistonda tibbiyot bilan bog‘liq vaziyat og‘irligini aytdi

JSST bosh direktori Afg‘onistonga keldi.

Mulla Barodar Afg‘onistonda tibbiyot bilan bog‘liq vaziyat og‘irligini aytdi

 

Tedros Adanom Gebreisus mamlakat bosh vaziri Muhammad Hasan Ohun bilan uchrashgan. Uchrashuvda bosh vazir birinchi o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar va tashqi ishlar vaziri Amirxon Mutaqqiy ham ishtirok etgan.

 

 

Muhammad Hasan Ohun xalqaro hamjamiyatni yana-da ko‘proq gumanitar yordam berishga chaqirdi. Uning fikricha, gumanitar yordam-siyosatdan alohida bo‘lishi lozim. Shuningdek, Afg‘oniston bosh vaziri mamlkatga nisbatan joriy etilgan barcha sanksiyalarni bekor qilish zarurligini aytgan.

 

Mulla Barodar Afg‘onistonda tibbiyot bilan bog‘liq vaziyat og‘ir ekanini taʼkidlagan: “Agar zarur yordam ko‘rsatilmasa, tibbiyot muassasalari yopilishi mumkin".

 

O‘z navbatida, JSST rahbari mamlakatni gumanitar halokatdan asrab qolish uchun yordam berilishi davom etishini maʼlum qilgan. Shu bilan birga JSST xodimlarining Afg‘onistonda soni oshirilishini ham aytgan.

 

Afg‘onistonda so‘nggi paytlarda gumanitar vaziyat og‘irlashdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatning 90 foizga yaqin aholisi ko‘makka muhtoj. Turli davlatlar Afg‘onistonga yordam bermoqda. Xususan, joriy yilning 4 sentyabr kuni O‘zbekiston 1,3 ming tonna gumanitar ko‘mak yuborgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” shahar boshqaruvida ishlaydigan ayollarning ishdan bo‘shashini talab qilgandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Mulla Barodar Afg‘onistonda tibbiyot bilan bog‘liq vaziyat og‘irligini aytdi | Zamon.uz