Jahon

Panjsherga zudlik bilan yordam berish kerak – Tojikiston TIV

Tojikiston tashqi ishlar vaziri jahon hamjamiyatini Panjsherga yordam berishga chaqirdi. Sirojiddin Muhriddin bu haqda BMT minbarida turib gapirgan.

Panjsherga zudlik bilan yordam berish kerak – Tojikiston TIV

 

 

“Tashqi ishlar vaziri o‘z chiqishida Panjsher viloyati aholisining og‘ir ahvoli haqida gapirdi”, deyiladi TIV bayonotida. Shuningdek, toliblar viloyatda nafaqat qonun buzayotgani, balki tinch aholini qiynoqqa solayotgani ham maʼlum qilingan. Shuning uchun xalqaro hamjamiyat yordami so‘ralgan. Panjsherga olib boradigan yo‘llarni ochish, shu orqali viloyatga gumanitar yordam yuborish zarurligi taʼkidlangan.

 

Sirojiddin Muhriddin barcha etnik qatlamlarni o‘z ichiga olgan inklyuziv hukumat tuzilishi shartligini alohida qayd etgan. Ayniqsa, Afg‘oniston tojiklarini bu hukumatga jalb qilish kerak, chunki “ular Afg‘oniston aholisining 46 foizini tashkil etadi”. Shu bilan birga Tojikiston diplomatiyasi rahbari zudlik bilan gumanitar yordam taqdim etish va ayollarning taʼlim huquqini taʼminlash lozimligini aytgan.

 

Panjsher Afg‘onistonning “Tolibon” tomonidan egallanmagan so‘nggi viloyati edi. Ammo 6-sentabr kuni bu hudud ham harakat nazoratiga o‘tdi.

 

Avvalroq “Tolibon” BMTda doimiy vakilini tayinlagandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Panjsherga zudlik bilan yordam berish kerak – Tojikiston TIV | Zamon.uz