Germaniyada parlament saylovida dastlabki natijalarga ko‘ra, Sotsial-demokratik partiya g‘alaba qozongan
Avval xabar qilganimizdek, kecha Germaniyada parlament saylovlari boshlangan edi. Bugun uning dastlabki natijalari eʼlon qilindi. Unga ko‘ra, Sotsial-demokratik partiya saylovda g‘alaba qozongan. Bu partiya 25.7 foiz ovoz olishga muvaffaq bo‘lgan.


Germaniya markaziy saylov komissiyasining maʼlum qilishicha, ikkinchi o‘rinni amaldagi hukmron partiya — Xristian Demokratlari va Xristian sotsial-ittifoqi partiyasi egallagan. Unga 24.1 foiz saylovchi ishonch bildirgan. Bu — partiya tarixidagi eng yomon natija.
Germaniya parlamenti — Bundestagga bo‘lgan saylovda jami 6 ta siyosiy partiya ishtirok etgan. Yuqoridagi partiyalardan tashqari “Yashillar”( 14.8 foiz ), Erkin demokratik partiya(11.5 foiz ), "Germaniya uchun muqobil" o‘ng partiyasi (10.3 foiz ) va So‘l partiya (4.9 foiz) ovoz olib, Bundestagdan o‘ringa ega bo‘lgan.
Ushbu saylovdan so‘ng Angela Merkel kanslerlik lavozimini tark etadi. U Germaniyani 2005 yildan buyon boshqaradi. Armin Lashet Merkelning vorisi sifatida ko‘rilayotgan edi. Ammo saylov natijalariga ko‘ra, endi u kansler bo‘la olmaydi.
Avvalroq Angela Merkel kanslerlik lavozimidan ketgandan so‘ng 15 ming yevro nafaqa olishi maʼlum qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev







