O'zbekiston

Mitxun Chakraborti: “Yoshligimda futbolchi bo‘lishni orzu qilganman”

Xabaringiz bor, yurtimizda “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu kinofestivalda bir guruh kinoijodkorlar ishtirok etyapti. Zamon.uz muxbiri Bollivud yulduzi Mitxun Chakraborti bilan suhbatlashdi.

Mitxun Chakraborti: “Yoshligimda futbolchi bo‘lishni orzu qilganman”

 

 

O‘zbekistonga to‘rtinchi bor kelishim. O‘zbek filmlari haqida ko‘p eshitganman. Ayrim o‘zbek aktyorlari bilan tanishman. Bugungi xalqaro festivalga taklif qilishganidan boshim ko‘kka yetdi.

 

— O‘zbek filmlari bilan oldindan tanishmisiz? Ularning sizga qaysi jihatlari yoqadi?

 

— Yo‘q, o‘zbek filmlarini ko‘rmaganman, ammo eshitganman. Lekin so‘z beraman, albatta, ko‘rib o‘z fikrimni ijtimoiy tarmoqlar orqali yetkazaman.

 

— Sizni eng sermahsul aktyor sifatida bilamiz. Shu kungacha qancha rol ijro etgansiz?

 

 — Hammasi bo‘lib 370 ta rol ijro etganman. Eʼtiborlisi, barcha filmlar ko‘ngildagidek chiqqan.

 

— Agar aktyor bo‘lmaganingizda qaysi kasbning boshini tutgan bo‘lardingiz?

 

 —Yoshligimda futbolga qiziqqanman.  Bolaligim asosan koptok tepish bilan o‘tgan. Ammo taqdir taqozosi bilan  Mumbayga kelib qolganman. Ishoning, aktyorlik yo‘lini tasodifan tanlaganman. 

 

—Oilangizdan sanʼatkorlar chiqqanmi?   

 

— 4  nafar farzandim bor. Bir o‘g‘lim mening   yo‘limni tanladi. Hozir aktyor sifatida bir qancha filmlarda rol ijro etmoqda. Raqsga mendan ham yaxshi tushadi.

 

— O‘zbek filmlarida rol ijro etish istagingiz  bormi?

 

— Albatta bor.  Agar taklif qilishsa,  rad etmayman. Chunki o‘zbek xaqi men uchun nihoyatda qadrli..

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

 

Bundan avvalroq turkiyalik ssenarist va prodyuser Xuseyn Ozden Navoiy haqida hujjatli film olish asnosida turkiy tillar sultoniga ruhan bog‘langanini, Vivek Srivastava o‘zbek filmlari juda yoqishini aytgandi. Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Bollivud yulduzi Mitxun Chakraborti tashrif buyurgani, Oktay Kaynarja yangi O‘zbekiston haqidagi fikrlarini aytgani hamda Stiven Sigal Toshkentga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi. 

 

 

Munojat Valiyeva suhbatlashdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mitxun Chakraborti: “Yoshligimda futbolchi bo‘lishni orzu qilganman” | Zamon.uz