Jahon

AQSHda o‘yinchoq to‘pponcha bilan talonchilik qilgan erkak 40 yildan so‘ng  ozodlikka chiqarilyapti

O‘yinchoq to‘pponcha bilan talonchilik qilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan jinoyatchi ozodlikka chiqmoqda. Bu haqda “New York Post” xabar qildi.

AQSHda o‘yinchoq to‘pponcha bilan talonchilik qilgan erkak 40 yildan so‘ng  ozodlikka chiqarilyapti

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, 70 yoshli Rolf Kestel bu jinoyatni 1981 yili sodir etgan.  Erkak Arkanzas shtatining Fort Smit shahridagi tamaddixonaga kirgan va xodimlarni to‘pponcha yordamida qo‘rqitib, pul berishlarini talab qilgan.

 

Erkak qo‘lga olinganida u hisobchini bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoq to‘pponcha bilan qo‘rqitgani maʼlum bo‘lgan.

 

Sud talonchini umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan va u umrining 40 yilini panjara ortida o‘tkazgan.

 

Inson huquqlari tashkilotlari Kestelni ozod qilish uchun ko‘p yil kurashdi. Bundan tashqari, o‘yinchoq to‘pponcha bilan pullari o‘marilgan oshxona hisobchisi ham uning ozod etilishini qo‘llab-quvvatlagan, — deyiladi xabarda.

 

21 sentyabr kuni Arkanzas jazodan ozod qilish kengashi matbuot kotibi Kestelning iltimosnomasi maʼqullangani va tez orada qamoqdan ozod qilinishi mumkinligini tasdiqlagan.

 

Avvalroq AQSHda 5 nafar jurnalist qotiliga 345 yil qamoq jazosi tayinlangani hamda Rossiyaning Perm davlat universitetida o‘qigan sobiq talaba qurollangan holatda o‘quv binosi ichiga bostirib kirgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Munojat Valiyeva

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"