Fransiya sobiq prezidenti qamoqqa hukm qilindi
Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi uy qamog‘iga hukm qilindi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.


Maʼlum bo‘lishicha, sobiq prezident 2012-yilgi saylov kompaniyasi davrida qonunchilikda belgilanganidan ko‘p mablag‘ sarflagan. Sud xulosasiga ko‘ra, Sarkozi belgilangan limitdagi pulni sarflab bo‘lganidan keyin ham saylovoldi mitinglarni o‘tkazishda davom etgan. Buning oqibatida qonunda belgilangan 22 million yevro o‘rniga 42 million ishlatgan.
Sarkozining o‘zi sudga kelmagan. Unga 1 yil uy qamog‘i tayinlangan.
Ма'lumot o'rnida: Nikolya Sarkozi 2007-2012 yillarda Fransiyani boshqargan.
Avvalroq Fransiya AQSH va Avstraliyadagi elchilarini chaqirib olgani hamda NATOni tark etmasligi haqida xabar berilgandi.
Jahongir Qo'ziyev







