O'zbekiston

Butunrossiya davlat kinematografiya institutining O‘zbekistondagi filiali ochildi

Bugun Kinematografiya agentligida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent filiali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Butunrossiya davlat kinematografiya institutining O‘zbekistondagi filiali ochildi

 

 

Qayd etilishicha, ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Olga Yarilova, VGIK rektori Vladirmir Malishev va boshqa kinomutaxassislar ishtirok etishdi. 

 

 

Agentlik Bosh direktori ochilish marosimida Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali ochilishi haqida so‘zladi:

 

— 2021-yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Toshkent shahrida "S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti" federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori eʼlon qilindi. Aytish joizki, bu qarorning imzolanishi mamlakatimiz oliy taʼlim tizimi va kinematografiya rivojida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. 

 

 

Maʼlum qilinishicha, filialda talabalar “dramaturgiya” va “kinoprodyuserlik” yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim olishadi. Kinematografiya agentligi hududida VGIK filiali uchun alohida bino ajratilgan bo‘lib, kelajakda filial faoliyatini yana-da kengaytirish rejalashtirilgan.  

 

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning VGIK bilan hamkorlikni rivojlantirish tashabbusi sabab Kinematografiya agentligi va ushbu institut o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. 2020-yilda 7 ta o‘zbekistonlik yoshlar VGIKga o‘qishga kirgan bo‘lsa, joriy yilda talabalar soni 15 taga yetdi.


 


Ochilish marosimi O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

 

Avvalroq O‘zbekistonga Raj Kapur byusti taqdim etilgani, O‘zbekiston kinematografiya agentligi Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlari bilan kelishuvga erishilgani, Turk va hind kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etilgani, Stiven Sigal Toshkentga tashrif buyurgani hamda turkiyalik kinoijodkor Erkan Kolçak Köstendil ham yurtimizga kelishi haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

Ayrim dorixonalarda dori vositalari narxi sunʼiy ravishda oshirib yuborilgani aniqlandi. Xususan, ayrim dorixonalarda 15 ming so‘mlik dori 190 ming so‘mga sotilgan.

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Hozirda ular ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ishlar olib borilmoqda.

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Endilikda kondan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy gaz va kondensat oqimini olish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Tojikiston yetakchisiga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va birodar davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Butunrossiya davlat kinematografiya institutining O‘zbekistondagi filiali ochildi | Zamon.uz