Jahon

Jozef Bayden Fransiya bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilmoqda — Jon Kerri

AQSH prezidenti Jozef Bayden Fransiya bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilmoqda. Bu haqda uning iqlim masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jon Kerri maʼlum qildi.

Jozef Bayden Fransiya bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilmoqda — Jon Kerri

 

 

"Sizni ishontirib ayta olamanki, Amerika prezidenti ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash g‘oyasiga sodiq va shu yo‘nalishda harakat qilmoqda. U mayda muammolarni chetga surib kelajakka qarayapti. Aminmanki, davlatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi munosabatlarni qayta tiklash mumkin",— degan Kerri BFMTV telekanaliga bergan intervyusida.

 

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Bayden mavjud vaziyat yuzasidan Kerri bilan maslahatlashgan. Siyosatchi Bayden fransuzlarning AQSH to‘g‘risida qanday taassurotga ega ekanini bilmaganini ham aytib o‘tgan.

 

Suv osti kemalarining ikki davlat munosabatlariga taʼsiri haqida ham gapirgan: "AQSHning Fransiya bilan munosabatlari ushbu vaziyatdan ko‘ra ancha yuqorida turadi. Dushanba kuni prezident Makron bilan muzokaralar o‘tkazib, o‘rtamizda hamon o‘zaro kelishuvlar borligini va birgalikda amalga oshiradigan juda ko‘p ishlarimiz borligini angladim", — degan. Shu bilan birga Baydenning Makron bilan uchrashishi eʼlon qilingan.

 

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Avstraliya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi muzokaralarni kechiktirgani hamda Fransiya Kanberra bilan erkin savdo shartnomasining imzolanishiga qarshi chiqqani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Jozef Bayden Fransiya bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilmoqda — Jon Kerri | Zamon.uz