O'zbekiston

Harbiy xizmatga chaqirilishda bo‘lgan yangiliklardan xabardormisiz?

Shu yilning 30-sentabr kuni Prezident tomonidan  “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qonun imzolandi.

Harbiy xizmatga chaqirilishda bo‘lgan yangiliklardan xabardormisiz?

 

 

Qonunga muvofiq, endi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga o‘tgan fuqarolar oylik harbiy yig‘inlarni o‘taganlaridan so‘ng Qurolli Kuchlar rezerviga o‘tkazilishi belgilandi. Bundan oldin bu tartib boshqacha, yaʼni oylik harbiy hizmatni o‘taganlar faqat 27 yoshga to‘lgandan keyin Qurolli Kuchlar rezerviga o‘tkazilar edi.

 

Shuningdek, chaqiruv uchastkalarida qayd etish ishlari fuqaroning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki boshlang‘ich professional taʼlim muassasalaridagi oxirgi o‘qish yilining oktabr-noyabr oylarida amalga oshirilishi belgilandi. Avvalgi hujjatda bu oxirgi o‘qish yilining aprel — may oylarida amalga oshirilardi.

 

Mehnatga qobiliyatsiz, yaʼni nafaqada yoki nogiron bo‘lgan yoxud ota-onaning yolg‘iz o‘g‘li bo‘lib, ularni boqishi lozim bo‘lgan vaziyat mavjud bo‘lsa, shuningdek, mehnatga layoqatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa, unda muddatli harbiy xizmatga chaqirilmasligi belgilangan edi.

 

Endilikda ushbu chaqiriluvchilar o‘zi, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziliklari bilan muddatini kechiktirmasdan harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin.

 

Bundan tashqari, harbiy xizmatchilarning, oliy taʼlim muassasalari kursantlarining, harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni o‘tayotganlarning moddiy javobgarligi ham belgilandi.

 

Bunda ular yetkazilgan zarar aniqlangan kundan eʼtiboran 3 yil ichida moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

Yetkazilgan zararlarga moddiy va pul mablag‘larining talon-toroj qilinishi, kamomadi, behuda sarflanishi, yo‘qotilishi, yo‘q qilinishi, shikastlantirlishi, ishdan chiqarilishi hamda ulardan qonunga xilof ravishda foydalanilishi kabi holatlar kiradi.

 

Bundan avval O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyaga o‘qishga yuborilishi, O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston bilan chegarada yangi samolyotni sinovdan o‘tkazgani hamda Mehribonlik uylari Milliy gvardiyaga biriktirilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Harbiy xizmatga chaqirilishda bo‘lgan yangiliklardan xabardormisiz? | Zamon.uz