Men terrorchilar bilan gaplashmayman — ukrainalik diplomat rossiyalik jurnalistlarga
Ukraina diplomati rossiyalik jurnalistlarni “terrorchilar” deb atadi. Bu haqda “Риа Новости” xabar berdi.


Ukraina tashqi ishlar vazirligi xalqaro xavfsizlik departamenti direktori Vladimir Lakomov BMTda “Ria Novosti” jurnalisti bergan savolga “Men terrorchilar bilan gaplashmayman, ayniqsa, targ‘ibotchi terrorchilar bilan”, – deb javob bergan.
U barcha rossiyalik jurnalistlarni terrorchi deb hisoblashini ham qo‘shimcha qilgan. Shundan so‘ng jurnalistlar Lakomovga yana savol berishga harakat qilgan, ammo u binoni tark etgan.
BMT Bosh kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrik holatga munosabat bildirib, “Aʼzo davlatlar va delegatlar o‘zlariga berilgan savolga qay tarzda javob berishni o‘zi hal qiladi”, –– degan.
Bundan avval Turkiya Ukraina va Gruziyaning NATOga intilishini qo‘llab-quvvatlashini maʼlum qilgandi. Shuningdek, AQSH Ukraina harbiy-havo kuchlari uchun aviatsiya qurilmalari sotib olib berishi xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev







