Jahon

Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

6,1 magnitudali zilzila poytaxt Tokioga qo‘shni Chiba prefekturasida sodir bo‘lgan. Bu haqda Yaponiyaning bosh meteorologiya boshqarmasi maʼlum qildi.

Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

 

Qayd etilishicha, tabiiy ofat mahalliy vaqt bilan 22:41 da yuz bergan. Zilzila taʼsiri Yaponiyaning 47 prefekturasidan 26 tasida sezilgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha aniq maʼlumot yo‘q.

Mahalliy NHK telekanali zilzila taʼsirida besh kishi jarohatlanganini xabar qilmoqda.

Bosh vazir Fumio Kisida maʼlumotlarni aniqlashtirish va odamlarning hayotini saqlab qolish uchun choralar ko‘rishga chaqirgan.

Yaponiya poytaxti hududidagi zilzila oqibatida kamida 16 kishi shikastlandi, deya xabar berdi hukumat bosh kotibi Xirokadzu Matsuno. Favqulodda xizmatlarga, asosan, Kanto mintaqasi, Tokio va unga yaqin prefekturalarda ko‘p sonli murojaatlar bo‘lgan.

OAV maʼlumotlariga ko‘ra, Tokioda metro poyezdlari harakati to‘xtatilgan. Zilziladan so‘ng 250 ga yaqin uy elektr taʼminotidan uzilib qolgan.

Tokiodagi "Nippori-Toneri Liner" yo‘nalishida poyezd qisman relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida uch kishi jarohat olgani aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, аvvalroq Gaitida 7,2 magnitudali zilzila yuz bergani  hamda kuchli zilzila natijasida to‘fon yaqinlashgani haqida xabar bergan edik. 

 

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"