Jahon

“Tolibon” Afg‘oniston shimolida nazoratni yo‘qotayapti — Andrey Rudenko

7-oktabr kuni Afg‘onistonning Qunduz shahridagi shia masjidida qonli terakt sodir bo‘ldi. Oqibatda yuzdan ortiq kishi halok bo‘lib, 300 dan ortig‘i jarohatlandi.

“Tolibon” Afg‘oniston shimolida nazoratni yo‘qotayapti — Andrey Rudenko

 

 

“Tolibon” teraktda darhol ISHIDni aybladi. O‘z navbatida ISHID ham javobgarlikni zimmasiga oldi. Portlash Afg‘onistonda shusiz ham keskin bo‘lgan vaziyatni yana-da og‘irlashtirishi tabiiy. Ayniqsa, mamlakatda diniy ozchilik bo‘lgan shialarning masjidida terakt – “olov ustiga yog‘ sepish” bilan barobar.

 

Xalqaro reaksiya

BMT bosh kotibi Antonio Gutterish teraktni qoralab chiqdi va uni “vahshiyona harakat” sifatida baholadi.

 

Bundan tashqari Eron TIV ham shia masjidiga bo‘lgan hujumni yoqlamasligini bildirdi. Bu –– tabiiy, sababi Eronda shia mazhabi rasmiy maqomga ega. Ushbu hodisa Eron bilan Afg‘oniston munosabatlarini yana-da sovuqlashtirishi mumkin. Bundan tashqari Tehronda “Tolibon”ga nisbatan ishonchsizlik ruhi saqlanib qolmoqda. Bunga eng katta sabablardan biri 1998 yilda Tehronda Eron konsulxonasi xodimlari o‘ldirilishi bo‘lib, eronlik baʼzi tahlilchilar bu hodisalar qayta takrorlanishidan xavotir bildiryapti.

 

Bu borada, ayniqsa, Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenkoning fikrlari eʼtiborga molik. Rudenko “Tolibon” Afg‘oniston shimolida nazoratni yo‘qotayotganini taʼkidladi. U harakat xavfsizlikni taʼminlay olmasligi to‘g‘risida maʼlumotlar mavjudligini aytgan. Bu Rossiyaning avvalgi bayonotlariga nisbatan qarama-qarshi fikr. Bir necha hafta avval Rossiya Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov “Tolibon” Afg‘oniston shimolida ISHID taʼsiri kuchaymasligiga kafolat bo‘lib xizmat qilishini aytgan edi.

 

“Tolibon” nima deydi?

Harakat teraktdan so‘ng darhol uni ISHID uyushtirganini maʼlum qildi. Bir necha soatlardan so‘ng bu bayonot tasdiqlandi. Afg‘oniston bosh vazirining ikkinchi o‘rinbosari, “Tolibon” aʼzosi Abdusalom Xanafiy portlashdan so‘ng xazoralar vakillari (aynan shu xalq Afg‘onistondagi shia mazhabiga eʼtiqod qiladi) bilan uchrashdi. Baʼzi maʼlumotlarga ko‘ra, Xanafiy xazoralar xavfsizligi bo‘yicha kafolat bera olmasligini aytgan. Agar bu xabar tasdiqlansa, toliblar haqiqatdan ham shimolda nazoratni yo‘qotayotgani tasdiqlanadi.

 

Avvalroq Afg‘onistonda urush ehtimoli saqlanib qolayotgani hamda “Tolibon” to‘ylarda musiqani taqiqlab qo‘ygani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"