Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi
Stokgolmdagi Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari nomini eʼlon qildi.

Mukofot amerikalik olimlar, jumladan, Devid Kardga "mehnat iqtisodiyotiga empirik hissa qo‘shgani uchun", Joshua Angrist va Gvido Imbensga "sabab-oqibat munosabatlarini tahlil qilishda uslubiy hissasi uchun" berildi.
Qayd etilishicha, 2021-yilgi laureatlar ijodi ijtimoiy fanlar bo‘yicha empirik tadqiqotlarda inqilob qildi. Kard minimal ish haqi, immigratsiya va taʼlimning mehnat bozoriga taʼsirini tahlil qildi.
Angrist va Imbens tajribadan qanday sababiy xulosalar chiqarish mumkinligini ko‘rib chiqishdi: ular tomonidan ishlab chiqilgan usullar empirik kuzatish maʼlumotlari bilan ishlaydigan tadqiqotchilar tomonidan qabul qilingan.
Maʼlumot uchun, o‘tgan yili bu yo‘nalishdagi mukofot amerikalik olimlar Pol Milgrom va Robert Uilsonga "auksionlar nazariyasini takomillashtirish va yangi auksion formatlarini ixtiro qilgani uchun" berilgandi.
Avvalroq jurnalistlar Nobel mukofoti bilan taqdirlangani, Jorjio Parizi, Klaus Hasselman va Syukuro Manabe fizika bo‘yicha 2021-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari deb eʼlon qilingani hamda Nobel mukofoti sovrindorlari bu yil ham uylarida taqdirlanishi haqida xabar berilgandi.







