O'zbekiston

O‘zbekiston parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o‘rtasida 37-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston tarixida ilk marotaba milliy parlamentda xotin-qizlar soni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi.

O‘zbekiston parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o‘rtasida 37-o‘ringa ko‘tarildi

 

Bu haqda bugun poytaxtimizda "Saylovlar va gender: siyosatda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning xalqaro va milliy amaliyotlari" bo‘yicha tashkil etilgan treningda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev maʼlumot berdi.

 

Tadbirda MSK raisi, Shveytsariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi.

 

— Mamlakatimiz parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o‘rtasida 37-o‘ringa ko‘tarildi, — dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev. — Bugungi kunda siyosiy partiyalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ulushi 44 foizga, boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga yetdi.

 

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaning taʼkidlashicha, saylovda gender kvotasining joriy etilishi, bevosita Parlamentning Qonun chiqaruvchi palatasida ayollar sonining ko‘payishiga yordam berdi (ayollar 32,7 foiz), bu o‘tgan yillardagi holatga ko‘ra ancha yaxshilangan (2018 yilda ayollar hisobiga) 12,6 foiz).

 

Maʼlumot uchun: MSK tomonidan saylovning barcha bosqichlarida xotin-qizlar va erkaklarning teng asosda ishtirok etishini kuzatuvchi 11 ta Indikatorlar ishlab chiqildi.

 

Ushbu indikatorlar bu yilgi saylov kampaniyasidan boshlab amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Bugungi kunda indikatorlardan 7 tasi bo‘yicha to‘liq maʼlumotlar mavjud.

 

 

— 2019 yildan beri kuzatuvchilar kengashi O‘zbekistondagi saylovlarning demokratik standartlarga javob berish harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, — dedi Shveytsariyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Obelenskiy. — Masalan, meni eng mamnun qilgan jihat bu Markaziy saylov komissiyasi va BMTTDning maqsadli guruhlar bilan ishlayotganligi va bu allaqachon o‘z natijasini ko‘rsatmoqda.

 

Avvalroq Prezident saylovi kampaniyasi haqida O‘mon ommaviy axborot vositalarida maqola chop etilgani, saylov jarayonlariga Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlari jalb etilgani, saylov byulletenlarini Brayl alifbosida tayyorlash taklif qilingani, MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov prezident saylovlarida qatnashadigan nomzodlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan talablarda o‘zgarish yo‘qligi xabar qilingandi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar prezident saylovida qanday ishtirok etishi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 14 ta saylov okrugi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

 

Bahriniso MADUMAROVA

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o‘rtasida 37-o‘ringa ko‘tarildi | Zamon.uz