O'zbekiston

2022-yilda Samarqandda Jahon mamlakatlari parlamentlari ayol spikerlarining sammitini o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Senat axborot xizmatining xabar berishicha, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan uchinchi Yevrosiyo ayollar forumining “Tinchlik va ishonch diplomatiyasini rivojlantirishda ayollar missiyasi” deb nomlangan yalpi majlisida ishtirok etdi.

2022-yilda Samarqandda Jahon mamlakatlari parlamentlari ayol spikerlarining sammitini o‘tkazish rejalashtirilmoqda

 

Majlisda Ozarboyjon, Bangladesh, Vyetnam, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Gabon, Mozambik, Mo‘g‘uliston, Moldova, Nikaragua, Tojikiston, Turkmaniston, Zimbabve va Eron kabi jami 110 ta mamlakatning 350 ga yaqin delegati, ijro etuvchi hokimiyat vakillari, xalqaro va nodavlat tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, ishbilarmon doiralar, jamoat va akademik tashkilotlar vakillari qatnashdi.

 

Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva so‘zga chiqib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarning asosiy natijalari, siyosiy tashabbuslar, shuningdek, mamlakatda xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari haqida maʼruza qildi.

 

 Taʼkidlanishicha, Tanzila Norboyeva O‘zbekiston tomoni xotin-qizlar huquqlari va gender tenglikni xalqaro hamjamiyatda targ‘ib qilish bo‘yicha tajriba almashishga va boshqa davlatlarning bu boradagi ilg‘or amaliyotini o‘rganishga tayyorligini bildirgan.

 

Majlis ishtirokchilari 2022-yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Jahon mamlakatlari parlamentlari ayol spikerlarining navbatdagi 14-sammitiga taklif etilgan.

 

Avvalroq parlament ayol rahbarlarining navbatdagi sammiti O‘zbekistonda o‘tkazilishi hamda Turkmanistonda Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining forumi bo‘lib o‘tgani haqida xabar qilingan edi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

2022-yilda Samarqandda Jahon mamlakatlari parlamentlari ayol spikerlarining sammitini o‘tkazish rejalashtirilmoqda | Zamon.uz