O'zbekiston

“Е-8” vizasi asosida 420 nafar fuqaro Koreyaga ishga yuborildi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan "Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaror qabul qilingan.

“Е-8” vizasi asosida 420 nafar fuqaro Koreyaga ishga yuborildi

 

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-sentabrdan mehnat migrantlarining:

 

  • xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish (BHM -bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobarigacha);

 

  • yo‘l transport chiptasi (BHM 2 barobarigacha);

 

  • ishchi vizalarini rasmiylashtirish (BHM 5 barobarigacha) xarajatlarining bir qismi davlat hisobidan qoplab beriladi.

 

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish maqsadida 18 ta davlat bilan hukumatlararo va idoralararo bitim imzolash ishlari olib borildi.

 

22 ta xorijiy davlatning 199 ta ish beruvchi va rekruting agentliklari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi va jami kelishuv shartnomalari soni 320 taga yetdi. Ularda O‘zbekiston bozori uchun 72 mingdan ortiq ish joylari aniqlandi.

 

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi. 

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, Koreyaning 5 ta okrug va provinsiyalari bilan “Ye-8” vizasi asosida qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga yuborish bo‘yicha imzolangan memorandum va kelishuvlarga ko‘ra dastlabki 420 nafar fuqaro Koreyaga ishga yuborildi. Germaniyaning 2 ta yirik kompaniyalari bilan fuqarolarni Germaniya hududida “dual tizim” asosida ishga joylashtirish bo‘yicha Bitim imzolandi va pilot bosqichida ish beruvchilar tomonidan tanlab olingan fuqarolar Germaniyaga yuborildi. Нozirda 13 nafar fuqaroning viza hujjatlari rasmiylashtirilmoqda.

 

Shuningdek, Kanada, Latviya, Bolgariya, Isroil, Polsha, Shvetsariya, Slovakiya, Niderlandiya Qirolligi va Chexiya ish beruvchilari bilan imzolangan shartnomalarga asosan O‘zbekiston fuqarolarini ishga yuborish ishlari davom ettirilmoqda.

 

 Eslatib o‘tamiz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga malaka imtihonlarini topshirish uchun uch, yo‘l chiptasini xarid qilish uchun ikki, "ishchi viza"ni rasmiylashtirish uchun besh bazaviy hisoblash miqdorigacha kompensatsiya to‘lanadi.

 

Bundan tashqari, mehnat migratsiyasi davrida turli baxtsiz hodisaga uchragan yoki og‘ir kasalga chalingan fuqarolar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini vatanga qaytarish va agar ushbu fuqaroni tibbiy xodim kuzatuvi ostida qaytarish zarur bo‘lsa tibbiyot xodimining xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlar Jamg‘arma hisobidan qoplanadi.

 

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining vakolatli tashkilotlari bilan hamkorlikda Rossiya hududida qurilish sohasiga 10 ming nafar O‘zbekiston fuqarolarini mehnat shartnomasi asosida tashkiliy tarzda jalb etish bo‘yicha “pilot loyiha” amalga oshirilmoqda.

 

Bundan avval Rossiyada migratsiya to‘g‘risida yagona hujjat joriy etilgandi. Shuningdek, o‘n ming O‘zbekistonlik yaqin vaqt davomida Rossiyaga ishga jalb qilinishi, Tashqi Mehnat migratsiyasi orqali ishlashga ketgan fuqarolarning noroziligi, Rossiyada yuz bergan ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar 40 yilga deportatsiya qilingani hamda Rossiya migrantlarga yangi majburiyat yuklamoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Е-8” vizasi asosida 420 nafar fuqaro Koreyaga ishga yuborildi | Zamon.uz