O'zbekiston

"Renault" endi O‘zbekiston bozoriga ham chiqariladi

Birinchi mashinalar shu yilning kuzida sotuvga chiqariladi. Ular “Arkana”, “Kaptur” va yo‘ltanlamas “Duster” avtomobillaridan iborat bo‘ladi. Bu haqda “Spot.uz” xabar berdi.

"Renault" endi O‘zbekiston bozoriga ham chiqariladi

 

Unda aytilshicha, endi "Renault" "Roodell" bilan hamkorlikda avtomobillarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish va sotishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

 

Brendning mamlakatdagi filiali uzoq muddatli mahalliy avtomobillarni yig‘ish loyihasi va dilerlar tarmog‘ini rivojlantirishga yordam beradi.

 

“O‘zbekiston — Markaziy Osiyo mintaqasining tez rivojlanayotgan bozori, bu yerda yangi mashinalarga qiziqish tobora ortib bormoqda. Ishonchimiz komilki, o‘zbekistonlik xaridorlar Renault avtomobillarini, ularning ajoyib dizayni, zamonaviy texnologiyalari va yuqori darajadagi qulayliklarini qadrlashadi”, - deya izoh bergan Renault kompaniyasining Rossiya va MDHdagi bosh direktori Yan Ptachek.

 

Tashkilot o‘zbek bozorida ilgari Rossiya va MDHning boshqa mamlakatlarida namoyon qilgan avto modellarini taqdim etadi.

 

O‘zbekistonda“Renault” dilerlar tarmog‘ining rivojlanishi bozor talablariga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda Toshkentda uning avtomobillariga taalluqli savdo va servisi bilan shug‘ullanadigan ikkita dilerlik markazi tashkil etiladi.

 

Maʼlumot uchun: “Roodell” va “Renault” AvtoVAZ guruhining hamkori hisoblanadi.

 

Bundan avval O‘zbekistonda “LADA Vesta CW” va “LADA XRAY” rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshlangani, “UzAuto Motors” yangi “Chevrolet Captiva” hamda “Kia Uzbekistan”  “K8” sedanini sotishni boshlagani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Renault" endi O‘zbekiston bozoriga ham chiqariladi | Zamon.uz