Jahon

Moskva konferensiyasi ishtirokchilari va qo‘shnilarimizdan bizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ramoqchimiz — Zabihullo Mujohid

“Tolibon” Moskva formatidagi uchrashuvda ishtirokchilardan iqtisodiy va siyosiy qo‘llab-quvvatlashni so‘ramoqchi. Bu haqda harakat rasmiy vakili Zabihullo Mujohid “TASS” nashriga maʼlum qildi.

Moskva konferensiyasi ishtirokchilari va qo‘shnilarimizdan bizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ramoqchimiz — Zabihullo Mujohid

 

“Moskva konferensiyasi ishtirokchilari va qo‘shnilarimizdan bizni, ayniqsa, iqtisodiy va siyosiy-diplomatik sohada qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ramoqchimiz”, – degan Mujohid.

 

Shu bilan birga toliblar vakili Afg‘oniston mintaqa xavfsizligi va barqarorligida muhim rol o‘ynashini taʼkidlagan. “Tolibon” delegatsiyasi ham aynan shu masalani muhokama qiladi.

 

“Tabiiyki, konferensiyada siyosiy va iqtisodiy masalalar, shuningdek, Afg‘oniston hamda mintaqa tinchligi muammolari ko‘tariladi”, – deb qo‘shimcha qilgan Mujohid.

 

Moskva formatidagi uchrashuv bugun, 20 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda “Tolibon” delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari Abdul Salom Xanafiy boshchilik qiladi. Shuningdek, tashqi ishlar vaziri v.b. Amirxon Mutaqqiy ham ishtirok etishi kutilyapti.

 

Bundan avval O‘zbekiston va “Tolibon” ishchi guruhlar tuzishga kelishib olgani hamda AQSHning Afg‘onistondagi siyosati qayta ko‘rib chiqilishi  xabar qilingandi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Moskva konferensiyasi ishtirokchilari va qo‘shnilarimizdan bizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ramoqchimiz — Zabihullo Mujohid | Zamon.uz