Jahon

Moskva formatidagi maslahatlashuvlar: kimning pozitsiyasi qanday?

20-oktabr kuni Moskva formatidagi maslahatlashuvlarning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Xitoy, Pokiston, Eron, Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari vakillari, shuningdek, “Tolibon” harakati aʼzolari ishtirok etdi. Moskvaning “Prezident-Otel” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda barcha tomonlar o‘z davlatlari pozitsiyasini maʼlum qildi.

Moskva formatidagi maslahatlashuvlar: kimning pozitsiyasi qanday?

 

Rossiya: gumanitar yordam, BMTning afg‘on muammosidagi o‘rni va toliblar tan olinishi sharti

 

Rossiya delegatsiyasiga Sergey Lavrov boshchilik qildi. Kirish so‘zida RF tashqi ishlar vaziri afg‘on xalqi turmush tarzi jiddiy xavotirlarga sabab bo‘layotganini taʼkidladi. Shuningdek, u Afg‘onistonga butun dunyo hamjamiyati tomonidan gumanitar va ijtimoiy sohada yordam berilishi zarurligini qayd etdi. “Afg‘on muammosini hal etishda BMT asosiy o‘rin tutishi kerak”, – degan Lavrov.

 

Shu bilan birga vazir toliblarning harbiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan amalga oshirayotgan hatti-harakatlari xususida to‘xtalgan.  Inklyuziv hukumat tom maʼnoda tinchlik va barqarorlik garovi ekanini taʼkidlagan.

 

RF prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov “Tolibon” hukumatining tan olinishi ularning vaʼdalarini bajarishiga bog‘liqligini aytgan. “Afg‘onistondagi yangi hokimiyat hammaga ham yoqmaydi, ammo ularning jazolanishi ortidan butun afg‘on xalqi aziyat chekmoqda”, – degan Kabulov.

 

Eron: AQSH aybdor

 

“Mintaqaning tinchligi va barqarorligi Afg‘onistonga bog‘liq. Agar mamlakatda barqarorlik o‘rnatilsa, bu qo‘shni davlatlarga ham ijobiy taʼsir qiladi. Terrorchilar mintaqada real kuchga ega emas, ammo ularni AQSH qo‘llab-quvvatlayapti”, – degan Eron prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Hasan Kozim Qumiy.

 

Pokiston: gumanitar yordam, moliyaviy inqirozning oldini olish uchun chora, terrorizmga qarshi kurash

 

Pokiston maxsus vakili Muhammad Sodiq Afg‘onistonda moliyaviy inqirozning oldini olish maqsadida iqtisodiy faollikni oshirish kerakligini qayd etdi. Shuningdek, u terrorizmga va transmilliy jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashga chaqirgan.

 

“Tolibon”: inklyuziv hukumat, milliy zaxiralarga qo‘yilgan cheklovni olib tashlash, toliblarni tan olish.

 

“Tolibon” delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari Abdul Salom Xanafiy boshchilik qildi. Shuningdek, uning tarkibida tashqi ishlar vaziri Amirxon Mutaqqiy ham bo‘lgan.

 

Abdul Salom Xanafiy “Tolibon” hukumati inklyuziv ekanini maʼlum qildi. “Hukumat allaqachon inklyuziv. Biz  bilan eski hukumatning 500 ming xodimi ishlaydi. Ularning barchasi rasman faoliyat yuritadi”, – degan bosh vazir o‘rinbosari. Lekin keyinchalik Xanafiy ushbu bayonotni biroz inkor qilib, hukumat barcha etnik guruhlarni qamrab olishga harakat qilganini, siyosiy tizim yana isloh qilinishini taʼkidlagan. Shu bilan birga u agar “Tolibon” hokimiyati tan olinmasa, ekstremistlar taʼsiri kuchayishidan ogohlantirgan.

 

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Mutaqqiy ham amaldagi hukumat Ashraf G‘ani davriga nisbatan inklyuziv ekanini taʼkidladi. U, shuningdek, AQSHdan Afg‘oniston aktivlariga qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlashni talab qildi. “O‘zining qulay geografik joylashuvi tufayli Afg‘oniston qo‘shni davlatlarga qulay investitsion imkoniyatlar taqdim etishi mumkin”, – degan Mutaqqiy.

 

Maʼlumot o‘rnida: Moskvadagi uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasiga Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev boshchilik qildi. Ergashev  “Tolibon” hukumatini tan olish shartlarini sanab o‘tgan.

 

Xususan u:

 

— Doha kelishuvi bo‘yicha o‘z vazifalarining bajarilishi;

— Afg‘on jamiyatining barcha siyosiy taraflari aks etgan hukumat tuzilishi;

— Inson va ayollarning fundamental huquqlari taʼminlanishi;

— Afg‘oniston hududidan uning qo‘shnilariga xavf tug‘dirish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaslik kabi shartlarni sanab o‘tdi.

 

Avvalroq “Tolibon” rasmiy vakili Zabihullo Mujohid harakatning Moskvadagi uchrashuvda qaysi masalani ko‘tarishini maʼlum qilgandi. Shuningdek, AQSH Afg‘oniston yo‘nalishidagi siyosatni qayta ko‘rib chiqishi xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Moskva formatidagi maslahatlashuvlar: kimning pozitsiyasi qanday? | Zamon.uz