O'zbekiston

“O‘zbekistondagi Prezidentlik saylovlarining adolatli o‘tishi MDH uchun ham juda muhim” — Sergey Lebedev

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi— Ijrochi kotibi Sergey Lebedev mamlakatimizda 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish maqsadida O‘zbekistonga keldi. U MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilmoqda.

“O‘zbekistondagi Prezidentlik saylovlarining adolatli o‘tishi MDH uchun ham juda muhim” — Sergey Lebedev

 

Bugun, 21-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda O‘zbekiston saylov qonunchiligidagi yangiliklar, Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Saylov kampaniyasi tadbirlari Saylov kodeksi talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

 

Qayd etish joiz, MDH Ijroiya qo‘mitasi xalqaro kuzatuvni tashkil qilishda katta tajriba, shuningdek, saylovlarni kuzatish bo‘yicha rivojlangan huquqiy bazaga ega.

 

 

— Biz O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida saylovlarning qanday o‘tishini quzatmoqchimiz, — deydi MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev. — Missiyamiz vakillari allaqachon baʼzi tumanlarda bo‘ldi. Uchastkalardagi vaziyatni o‘rgandi. O‘zbekistondagi Prezidentlik saylovlari adolatli o‘tishi nafaqat O‘zbekiston, balki butun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi uchun juda muhim. O‘zbekiston qardosh mamlakat, qardosh xalq bo‘lgani uchun, bizni saylov qanday o‘tkazilishi qiziqtirmaydi. Balki biz hammamiz saylovning yuqori saviyada o‘tib, O‘zbekiston xalqi munosib rahbarni tanlashi tarafdorimiz.

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasi 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatib boradi. Missiya O‘zbekistonga tashrifi mobaynida respublikamizning bir qator saylov uchastkalarida bo‘lib, saylovlar yuzasidan o‘zining tegishli xulosalari va tavsiyalarini berishni rejalashtirgan.

 

 

Maʼlumot uchun: MDHga aʼzo 7 ta davlatdan O‘zbekistondagi Prezident saylovini yoritish maqsadida 162 nafar OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tdi.

 

Eslatib o‘tamiz, kecha. 20 oktyabr kuni MSK raisi Turkiya Oliy saylov kengashi vakillari bilan uchrashgandi.

 

Avvalroq IHT kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekistonga kelgani hamda afg‘onistonlik kuzatuvchining saylovga oid fikrlari to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Bahriniso Madumarova

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi bir nechta viloyatdagi davlat tashkilotlarining xaridlarini o‘rganib, tender va tanlovlarda raqobatni cheklash alomatlarini aniqladi.

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.