O'zbekiston

2021-yilning yanvar oyidan  buyon aholi daromadlari  o‘rta hisobda qanchaga oshgani maʼlum qilindi

Markaziy bank boshqaruvining joriy yil 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvi raisining maʼruzasi eʼlon qilindi.

2021-yilning yanvar oyidan  buyon aholi daromadlari  o‘rta hisobda qanchaga oshgani maʼlum qilindi

 

Qayd etilishicha, 2021-yilning yanvar-sentabr oyida shakllangan iqtisodiy sharoitlarda, yaʼni pandemiya davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash borasida davlat  va bank tizimi tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar bugungi kunda iqtisodiy faollik, ishlab chiqarish surʼatlarini pandemiyagacha bo‘lgan o‘sish trayektoriyasiga chiqib olishiga imkon bergan.

 

 Shuningdek, 2021-yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi esa 6,9 foizni tashkil etdi. O‘tgan yil bilan taqqaoslanganda:

 

–  sanoatda ishlab chiqarish hajmlari – 9 foizga;

–  qishloq xo‘jaligida – 4,2 foizga;

–  qurilish sohasi – 4,5 foizga;

–  asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar – 5 foizga o‘sgan.

 

  Bundan tashqari, 2021-yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha aholi daromadlari real hisobda 10,4 foizga oshgan.

 

  Markaziy bank boshqaruvi raisining maʼruzasi davomida keltirlgan raqamlarni quyidagicha izohlaydi:

 

“Iqtisodiyotning barcha sohalarida ham bir хil yuqori tiklanish surʼatlari kuzatilmayapti. Ichki va tashqi turizm, yo‘lovchi tashish, avtomobil ishlab chiqarish umumiy ovqatlanish sohalari hali ham 2019 yil darajasiga yetgani yo‘q. Istiqbolda  ushbu sohalarda ham shu sohadagi jarayonlarning to‘liq tiklanishi yuqori iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘ladi”. 

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Senat ayrim oziq-ovqat mahsulotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish haqidagi qonnuni maʼqullagani hamda O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsatkichi 10 foizga oshgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

2021-yilning yanvar oyidan  buyon aholi daromadlari  o‘rta hisobda qanchaga oshgani maʼlum qilindi | Zamon.uz