O'zbekiston

Sharh: Farzandlikka olish bilan bog‘liq cheklovlar aniq belgilandi

"Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun imzolandi.

Sharh: Farzandlikka olish bilan bog‘liq cheklovlar aniq belgilandi

 

Endi farzandlikka olishni istisno qiluvchi jihatlar yana-da aniq belgilandi. Shu bilan birga kimlar “farzand asrab olish” huquqiga ega emasligi ham tasdiqlandi.

 

Jumladan, hayotga, sog‘liqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga qarshi xatti-harakatlarni amalga oshirgan fuqarolar bunday huquqdan foydalana olmaydi. Shuningdek, o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq va yana shunga o‘xshash bir qator jinoyatlarni qasddan sodir etgan shaxslar ham farzandlikka olish huquqiga ega emas.

 

Ilgari har qanday jinoyatni qasddan sodir etgan shaxs bola asrab olish huquqidan  mahrum qilingan edi.

 

Inchinun bola sog‘ligiga xavf tug‘diradigan kasalligi bor shaxslar ham farzandlikka olish huquqiga ega emas.

 

Farzandlikka olish shaxsning arizasiga, vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunda mazkur tartib fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarori bilan amalga oshiriladi.

 

Bundan avval endi jazo muddatini o‘taganlar ham farzand asrab olishlari mumkinligi hamda "Mehr daftari" tizimi va unga kimlar kiritilishi haqida xabar berilgan edi.

 

 

Olamgir Abdiyev

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar tariflari qayta ko‘rib chiqildi.